Oleksandr Pishur "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
13 dek 2014
"Bunyodkor" klubida ikki yil faoliyat olib borgan ukrainalik hujumchi faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettirishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, Pishurga "Lokomotiv" klubi qiziqish bildirmoqda.

2013 yil oliy ligada to'purar bo'lgan Pishurning "qaldirg'ochlar" bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi.

Sergey Lushan intervyulardan birida hujumchi jamoani rasman tark etganini ma'lum qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia