

Yopiq tarzda kechgan uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari Asror Aliqulov qo'l ostidagi jamoaga mag'lub bo'ldi. Muborakliklar ustunligi ostida kechgan o'yinda Aliqulov shogirdlari 3 ta to'p kiritishdi, gollar mualliflari – Nurjahon Muzzaffarov, Rustam Abduhamidov, Anvar Murodov. OKMK o'yin yakuniga kelibgina hisobni qisqartirishga erishdi, bu golga Nodir Abdurazzoqov mualliflik qildi.
OKMK – "Mashal" 1:3
OKMK: Javohir Ilyosov, Avazbek O'lmasaliev, Sardor Rahmonov, Akram Komilov, Dilshod Ahmadaliev, Mirjamol Qosimov, Oybek Rustamov, Xurshid G'iyosov, Arixiro Sentoku, Milyan Shkrbich, Irakli Ruxadze.
"Mashal": Umid Hamroev, Muhammadali Namozov, Shahboz Jo'raev, Asil Begimqulov, Javohir Abdualimov, Humoyun Murtozaev, Ibrohim G'anixonov, Rustam Abduhamidov, Islom Baratov, Nurjahon Muzaafarov, Maykl Babatunde.


Ma'lumot o'rnida, OKMK Superliga 1-turida 3 mart kuni "Andijon" bilan bellashsa, "Mashal" Pro liga ilk turini 12 mart sanasida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.



