OFK U23. Janubiy Koreya navbatdagi yarim finalchi (VIDEO)

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2016
U23 Osiyo chempionatining uchinchi yarim finalchisi ham aniqlandi.

Kecha musobaqaning ikkita chorak final bahsidan so'ng Yaponiya va Qatar olimpiya terma jamoalari yarim finalga yo'llanma olgandi. Bugun Janubiy Koreya va Iordaniya o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Unda koreyslar Mun Chang Jin tomonidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida zafar quchishdi va yarim finalga chiqishdi.

So'nggi yarim finalchi nomi bugun bo'lib o'tadigan BAA - Iroq o'rtasidagi bahsdan so'ng ma'lum bo'ladi.

Janubiy Koreya - Iordaniya 1:0

Gol: Mun Chang Jin 23



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia