2014 yili Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari V guruhi o'yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik. Toshkentdagi saralash bahslarida O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Falastin, Yaman hamda Maldiv orollari terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Ammo, Maldiv orollari Futbol Uyushmasi mamlakat o'smirlar terma jamoasining ushbu saralash bahslarida ishtirok eta olmasligini bildirdi.
Saralash bahslarida Maldiv orollari o'smirlar terma jamoasi ishtirok etmasligini OFK rasman tasdiqladi va musobaqa taqvimiga o'zgartirish kiritdi.
Eslatib o'tamiz, U-16 OCH-2014 saralashi V guruhi o'yinlari 25-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladi. O'yinlar Toshkentdagi JAR ctadionida bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor, U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH-2014 saralash bahslarida Temur Olimxo'jaev qo'l ostidagi 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ishtirok etadi.
U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH-2014 saralashi.
V Guruhi. Toshkent. JAR stadioni. 25-29 sentyabr.
25 sentyabr.
Yaman (U-16) - Falastin (U-16)
27 sentyabr.
O'zbekiston (U-16) - Falastin (U-16)
29 sentyabr.
O'zbekiston (U-16) - Yaman (U-16)