OFK statistikasi: O'zbekiston U-20 – joriy qita birinchiligida eng ko'p fol ishlatayotgan terma jamoa

Eldor Akmurzayev
7 mar 2023, 09:00
Osiyo futbol konfederatsiyasi 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogiga aloqador statistik ma'lumotlarni hisoblab bormoqda.

Unga ko'ra, O'zbekiston eng ko'p fol ishlatgan terma jamoa bo'lib turibdi:

1. O'zbekiston – 34 marta;

2. Avstraliya - 33;

3. J.Koreya – 28;

4-5. Eron – 24;

4-5. Tojikiston – 24.

Eng ko'p fol ishlatgan futbolchilar qatorida ham o'zbekistonliklar yetakchilik qilmoqda:

1. Abbosbek Fayzullaev – 9 marta;

2. Po'latxo'ja Xoldorxonov – 8;

3. A.Haitov (Tojikiston) – 7;

4-5. A.Lopane (Avstraliya) – 6;

4-5. H.Samir (Indoneziya) – 6.

Darvoza tomon eng ko'p zarba bergan terma jamoa Eron (43 marta), futbolchi sifatida esa Qatar a'zosi Ahmad Al Ravi hamda Eron futbolchisi Gorbani (ikkisi 6 tadan) qayd etilgan.

Darvozaga eng ko'p aniq zarba yo'llagan terma jamoa ham Eron (14 marta). O'zbekistonda bu natija 7 taga teng:

1. Eron – 14 marta;

2. J.Koreya – 13;

3. Iroq – 10;

4. Yaponiya – 9;

5-6. Iordaniya – 8;

5-6. Vetnam – 8.

Musobaqada hozircha 3 futbolchi qizil kartochka olgan: Shahzod Rahmatullaev (O'zbekiston), Bakir Kamol (Iordaniya), Charbel Shamun (Iroq).

Ummon terma jamoasi a'zolariga eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan – 8 ta. O'zbekistonda esa bu ko'rsatkich uchtaga teng.

Burchak zarbalari bo'yicha ham O'zbekiston yetakchilar qatorida turibdi:

1. Eron – 17 marta;

2. J.Koreya – 15;

3. Tojikiston – 14;

4. Yaponiya – 12;

5-7. O'zbekiston – 11;

5-7. Avstraliya – 11;

5-7. Iroq – 11.

Qita birinchiligida eng ko'p gol urayotgan jamoalar:

1. J.Koreya – 6 ta;

2. Yaponiya – 5 ta;

3-6. O'zbekiston – 3;

3-6. Avstraliya – 3;

3-6. Eron – 3;

3-6. Vetnam – 3.

Eng ko'p pas bergan terma jamoa Avstraliya (926 ta) bo'lib turibdi. Mazkur statistika bo'yicha eng yaxshi futbolchi esa Sodiqjon Qurbonov (Tojikiston, 153 ta uzatma).

To'purarlar:

1. Naoki Kumata (Yaponiya) – 3 ta gol;

2-3. Adrian Sagechich (Avstraliya) – 2;

2-3. Kang Son Jin (J.Koreya) – 2.

O'zbekistondan Abbosbek Fayzullaev va Po'latxo'ja Xoldorxonovda bittadan gol bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia