OFK sayti noto'g'ri ma'lumot bergan: Turkmaniston U-23 O'zbekistonga 15 emas, 23 futbolchi bilan kelgan ekan

Narzulla Saydullayev
28 may 2022, 18:34
1 iyun kuni O'zbekistonda U-23 Osiyo kubogi musobaqasi start oladi.

Ochilish o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi. OFK sayti Turkmaniston U-23 terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi. Unda ro'yxatda 23 emas, 15 nafar futbolchini ko'rish mumkin:



Ammo turkmanistonlik jurnalist bilan bog'lanib aslida terma jamoa 23 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazganini aniqladik.


Ma'lumot uchun, Turkmaniston terma jamoasi ushbu yosh toifadagi musobaqada ilk bor qatnashadi. Jamoani ayni paytda o'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lgan Tachmurad Agamurodovning o'g'li Ahmed Agamurodov boshqarmoqda.


Turkmaniston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi uchun yakuniy tarkibi:


Botir Gayliev (1)
Ixlas Toyjanov (2)
Oraz Orazov (3)
Vepa Jumaev (4)
Ruslan Tadjiev (5)
Roman Galkin (6)
Rahman Miratberdiev (7)
Mirza Beknazarov (8)
Begenchmirat Miradov (9)
Meylis Diniev (10)
Shamammet Hadyrov (11)
Ambyar Mahmudov (12)
Arslan Saparov (13)
Teymur Chariev (14)
Dovran Berdiev (15)
Rustem Ahalliev (16)
Dayanch Meredov (17)
Rovshen Bayliev (18)
Arzuvguli Sapargulyev (19)
Xodjanazar Gurbanov (20)
Begmurad Arbatov (21)
Rasul Chariev (22)
Velmirat Ballakov (23)

O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvi 1 iyun kuni soat 20:00da Toshkentdagi "Paxtakor" Markaziy stadionida boshlanadi. O'yinga kirish bepul.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia