

Tokioga safar chog'ida OFK rahbari Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Kozo Tashima bilan uchrashdi. Sharoitlar bilan tanishar ekan Shayx Salmon yaponiyaliklar shaniga iliq fikrlar bildirdi.
"Yaponiya Osiyoning eng ilg'or futbol mamlakatlaridan biri. Yaponiya ayollar terma jamoasi bejizga o'tgan yil Osiyo Kubogida zafar quchgani hamda milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi finalida o'ynagani yo'q. Buning sababi shundaki, mamlakatda futbolga nihoyatda katta e'tibor beriladi".
"Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasida Yaponiya klublari doim muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. 2017 yil "Urava Reds", o'tgan yil esa "Kashima Antlers" g'oliblikni qo'lga kiritdi. Buning uchun men yaqin do'stim Kozo Tashimani hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyasi xodimlarini tabriklayman", - dedi OFK prezidenti.



