OFK Kubogi. "Nasaf" – "Ahal" o'yini oldi rasmiy tadbirlar haqida ma'lumot

Tolibjon Qosimov
23 avg 2021, 19:36
Xabaringiz bor, 25 avgust kuni "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi doirasida o'z yurishini davom ettiradi.

24 avgust kuni esa uchrashuvga oid rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Quyida 24 avgust kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan tadbirlar haqida ma'lumot beramiz.

24.08.2021

11:00. Ikkala jamoa vakillari  hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting.

12:00. "Ahal" jamoasi bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani.

12:30. "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi hamda futbolchi ishtirokida matbuot anjumani.

17:00. Uchrashuv komissari bilan birgalikda "Markaziy" o'yingoh tayyorgarligini tekshirish.

18:30. "Nasaf" jamoasining bellashuv oldi so'nggi mashg'uloti.

20:00. "Ahal" jamoasining bellashuv oldi so'nggi mashg'uloti.

Eslatma: Har ikkala jamoa mashg'ulotlari OAV uchun 15 daqiqa ochiq bo'ladi. OFK Kubogi uchun akkreditatsiyadan o'tgan OAV hodimlari o'z ruxsatnomalarini ertangi matbuot anjumanidan oldin olishlari mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот анжумани