OFK kubogi. "Muharraq" va Shohruh Gadoev chorak finalda VIDEO

Narzulla Saydullayev
26 may 2016
Kecha OFK kubogi 1/8 finali doirasidagi "Muharraq" - "Al Faysali" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Shohuh Gadoev to'p tepayotgan "Muharraq" klubi Iordaniyaning "Al Faysali" klubini o'z maydonida qabul qildi. Bu musobaqada 1/8 final faqat bitta o'yindan iborat. Kechagi o'yinda "Muharraq" Elias tomonidan urilgan gol evaziga g'olib bo'ldi va chorak finalga yo'llanma oldi. Gadoev kecha uchrashuvni zaxira o'rindig'idan kuzatdi.


OFK kubogi-2016. 1/8 final

24 may

"Al Ahad" (Livan) - "Al Vahda" (Suriya) 4:0
"Al Quva Al Javiya" (Iroq) - "Al Vihdat" (Iordaniya) 2:1
"Seres" (Filippin) - "Saut Chayna" (Gongkong) 0:1
"Mohun Bagan" - "Tampines Rovers" 1:2

25 may
"Kitchi" (Gongkong) - "Bengaluru" (Hindiston) 2:3
"Naft Al Vasat" (Iroq) - "Al Jayish" (Suriya) 0:1
"Johor Darul Tazim" (Malayziya) - "Kayya" (Filippin) 7:2
"Al Muharraq" (Bahrayn) - "Al Faysali" (Iordaniya) 1:0



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia