OFK kubogi. Gadoev jamoasi guruh bosqichini g'alaba bilan boshladi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2016, 11:05
Kuni kecha OFK kubogi guruh bosqichining dastlabki tur o'yinlarib o'lib o'tdi.

Bahraynning "Muharraq" klubi birinchi turni o'z uyida Falastinning "Ahli Al Halil" klubini qabul qildi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz Shohruh Gadoev mezbonlar safida to'liq o'ynadi.

Guruhning ikkinchi o'yinida Suriyaning "Al Jayish" klubi o'z uyida Ummonning "Fanja" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

2-turda "Muharraq" Ummonda "Fanja" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 9 mart kuni bo'lib o'tadi.

Quyida OFK kubogining dastlabki turida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishib oling:


1-tur
"D" guruhi
"Muhrarraq" - "Ahli Al Halil" 2:1
Gollar:
Shovaiter 5, Ismoil Abdullatif 23 penalti - Mahmud Vadi 15

"Al Jayish" - "Fanja" 1:0
Gollar:
Yusuf Kalfa 78


"A" guruhi
"Oltin Asr" (Turkmaniston) - "Al Ahad" (Livan) 2:0
"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Al Xidd" (Bahrayn) 2:0

"B" guruhi
"Istiqlol" (Tojikiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 0:0
"Nafit Al Vasat" (Iroq) - "Tripoli Klub" (Livan) 1:0

"C" guruhi
"Al Dxaria" (Falastin) - "Eyr Fors Klub" (Iroq) 0:2
"Al Oruba" (Ummon) - "Al Vahda" (Suriya) 2:1

"E" guruhi
"Seres" (Filippin) - "Selangor" (Malayziya) 2:2
"Tampines Rovers" - "Shayx Jamol Dxanmondi Klub LTD" (Bangladesh) 4:0

"F" guruhi
"Nyu Radiant" (Maldiv orollari) - "Balestier Xalsa" (Singapur) 2:2
"Kitchi" (Gongkong) - "Kayya" (Filippin) 1:0

"G" guruhi
"Yangon Yunayted" - "Saut Chayna" (Gongkong) 2:1
"Moxun Bagan" (Hindiston) - "Maziya Sports Rekreation" (Maldiv orollari) 5:2

"H" guruhi
"Lao Toyota" (Laos) - "Bengaluru" (Hindiston) 2:1
"Johor Darul Tazim" (Malayziya) - "Ayeyavadi Yunayted" (Myanma) 8:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia