OFK Kubogi-2021. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2021
Biroz oldin OFK kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston vakili (AGMK yoki "Nasaf") "F" guruhida "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston) va "Oloy" (Qirg'iziston) bilan o'ynaydi. Ma'lumot uchun, bu guruh o'yinlari 14-20 may kunlari markazlashgan holda bo'lib o'tadi.


"A" guruhi: "Al Ahad" (Livan), "Al Hidd" (Bahrayn), "Al Vahda" (Suriya), "Al Nasr" (Ummon)

"B" guruhi: "Al Salt" (Iordaniya), "Markaz Balata" (Falastin), "Al Ansar" (Livan), "Muharraq" (Bahrayn)

"C" guruhi: "Tishrin" (Suriya), "Al Sib" (Ummon), "Al Faysali" (Iordaniya), pley-off g'olibi

"D" guruhi: "ATK Mohun Bagan" (Hindiston), "Bashundhara" (Bangladesh), "Maziya" (Maldiv orollari), pley-off g'olibi

"J" guruhi: "Istern Long Lions" (Gonkong), "Tainan Siti" (Xitoy Taypei), "Atletik 220" (Mo'g'uliston), "Li Man" (Gongkong)

"E" guruhi: "Ravshan" (Tojikiston), "Dordoy" (Qirg'iziston), "Ahal" (Turkmaniston)

"F" guruhi: "AGMK" yoki "Nasaf" (O'zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo'jand" (Tojikiston), "Oloy" (Qirg'iziston).

"G" guruhi: "Xanoy" (Vetnam), "Bali Yunayted" (Indoneziya), "Boeung Ket" (Kambodja), pley-off g'olibi

"H" guruhi: "Kedah Darul Aman" (Malayziya), "Lion Siti Sailors" (Singapur), "Saigon" (Vetnam), pley-off g'olibi

"I" guruhi: "Kaya FK Iloilo" (Filippin), "Shan Yunayted" (Myanma) yoki "Ayeyavadi Yunayted" (Myanma), "Terengganu" (Malayziya), "Geylang INT" (Singapur)






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia