
Mehmonlar dastlab klub a'zolari va stadion rahbariyati bilan kichik yig'ilish o'tkazib, tashrifning maqsadi, nimalarga e'tibor qaratilishi haqida tushuntirib o'tishdi. OFK Klublar musobaqalari boshqarmasi boshlig'i Benjamin Tan “Zomin” Markaziy stadionida shart-sharoitlar bilan to'liq tanishib chiqdi. Maydon holati, doping nazorati, darvoza to'rini rangini o'zgartirish va VIP sektorlardagi bazi holatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdi hamda jiddiy kamchiliklarga duch kelmadi. OFK Moliya bo'limi hisobchisi On Chon Xyon esa klubning moliyaviy masalalari bo'yicha hujjatdar bilan tanishib chiqdi, unchadik jiddiy bo'lmagan kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari xususida bosh hisobchi va tegishli xodimlarga maslahatlar berdi.