OFK Intizom qo'mitasi qarorlari

Narzulla Saydullayev
3 dek 2015
Payshanba kuni OFK Intizom qo'mitasi yangi qarorlarini e'lon qildi.

OCHL finalida birinchi o'yinda chetlatilgan "Al Ahli" futbolchisi Abdulaziz Hussayn Muborak ikki bahslik jazo oldi. Ulardan birini u javob uchrashuvida o'tashga ulgurdi. Ikkinchi bellashuvni esa BAA chempionatida o'tkazib yuboradi va keyingi mavsum Osiyo klublari musobaqalarida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Javob uchrashuvida qizil kartochka olgan Salmin Hamis esa 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi. OCHL yakuniga etgani sababli FIFA qoidasiga ko'ra, u ham 3 bellashuvni milliy chempionat doirasida o'tkazib yuboradi va xalqaro bellashuvlarda kelasi mavsumdan o'ynash imkoniyatiga ega. FIFAning yangi qoidasiga ko'ra, agar futbolchi va o'sha jamoa uchun musobaqa tugagan bo'lsa va futbolchida diskvalifikaciya qolayotgan bo'lsa, unda o'yinchi uni milliy chempionatda o'tashi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia