OFK Chaqiruv Kubogiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2014
19-30 may kunlari Maldivda bo'lib o'tadigan navbatdagi OFK Chaqiruv Kubogiga qur'a tashlandi.
Ushbu musobaqada jami sakkizta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar to'rttadan ikki guruhga bo'linishdi.

Musobaqaning ahamiyati shundaki, bunda g'olib chiqqan jamoa kelasi yil Avstraliyada o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi.

“A” guruhi: Maldiv, Falastin, Qirg'iziston, Myanmar
“V” guruhi: Turkmaniston, Filippin, Afg'oniston, Laos

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia