Ma'lumki, Anvar G'ofurov bu yil OCHL pley-offida “Lokomotiv”, keyin guruh o'yinlarida “Bunyodkor” safida to'p tepdi.
“Al Jaish” esa buni noto'g'ri deb hisobladi va OFKga shuni tekshirish maqsadida xat yozdi. OFK bu masalani dushanba kuni ko'rib chiqishi kerak edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra, yig'ilish o'tkazilmadi. Bizga ma'lum bo'lishicha, tashkilotdagilar “Anvar G'ofurov masalasi”ni ertaga ko'rib chiqishadi va shundan keyin rasmiy javob aytiladi.
Lekin imonimiz komilki, OFK albatta “Bunyodkor” foydasiga qaror chiqaradi. Chunki toshkentliklar OCHL reglamentiga zid ishni amalga oshirishmagan. Balki hammasi hujjat bo'yicha to'g'ri qilingan. Qolaversa, “Bunyodkor”ning 1/8 finaldagi raqibi “Al Hilol” ham allaqachon Toshkentga kelishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saudiya klubi “Bunyodkor” ofisiga uchib kelish dasturini yubordi. Shuningdek, uchrashuv hakamlari ham Toshkentga kelib-ketish uchun avia chipta masalasida murojaat qilgan.