OFFA Prezidenti Rovshan Najaf FIFA Prezidentiga minnatdorlik bildirdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2025, 00:28
Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi Prezidenti Rovshan Najaf FIFA Prezidenti Janni Infantinoga minnatdorlik bildirdi.

"FIFA Ijro qo'mitasi qaroriga binoan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionatining final bosqichi Ozarbayjon hamda O'zbekistonda bo'lishi ma'lum qilindi. Bu muhim va tarixiy qaror davlat rahbarlari o'rtasidagi do'stona munosabatlar, mamlakatlar farovonligi va rivojlanishiga qaratilgan siyosatning yaqqol dalilidir, shuningdek, har ikki mamlakatda ham FIFA prezidenti va Ijro qo'mitasi a'zolariga sportga ko'rsatilayotgan alohida e'tibor va g'amxo'rlik uchun minnatdorlik izhor etaman”, - deb yozadi Rovshan Najaf o'zining X sahifasida.

O'zbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: report.az