O'FF prezidenti Kuala-Lumpurda OFK prezidenti bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
9 noya 2017, 14:13
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, OFK tomonidan milliy assotsiatsiyalarni rivojlantirish dasturi asosida ikkita loyiha bo'yicha kelishuvga erishildi.


Unga ko'ra yurtimizning Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bolalar uchun mo'ljallangan mini-futbol maydonchalari barpo etilishiga OFK tomonidan mablag' ajratiladi. Bundan tashqari, Respublika Oliy Sport Mahorati Futbol Maktabiga qarashli sun'iy qoplamali maydon OFK tomonidan ajratiladigan mablag'lar asosida to'laligicha rekonstrukciya qilinadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida milliy chempionatda ishtirok etadigan klublarni licenziyalash bo'yicha ular oldiga qo'yiladigan talablar masalasi ham ko'rib chiqildi.


O'zbekiston Professional Futbol Ligasi FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining direktiv hujjatlari, shuningdek boshqa normativ hujjatlar asosida OFK, O'FF va PFL tashkil qiladigan musobaqalarida ishtirok etish uchun professional futbol klublariga qo'yiladigan talab va tamoyillarni kuchaytirgani OFK prezidenti tomonidan yuqori baholandi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com