O'FF prezidenti FIFA Kongressida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2014, 17:44
O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov va O'FF birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev bugun boshlanadigan FIFA Kongressida ishtirok etadi.
Hisob bo'yicha 64-Kongressda FIFAga a'zo barcha mamlakatlar vakillari ishtirok etadilar. Kongress davomida bo'lajak Jahon chempionatiga bo'lgan tayyorgarliklar, stadionlar holati va bir qator boshqa masalalar ko'riladi. FIFA prezidenti Zepp Blatter Kongressni kirish so'zi bilan ochib berdi. Avvalroq xabar berganimizdek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidanti Mirabror Usmonov FIFA tomonidan Xizmatlari uchun oredni bilan taqdirlangan edi.

Takidlash joiz, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi delegaciyasi 12 iyun kuni start oladigan Jahon Chempionati ochilish uchrashuvini faxriy mehmon sifatida kuzatadilar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com