O'FF: Media-tribunadagi joylarning taqsimotida cheklovlar yuzaga kelishi mumkin
Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 12:21
O'zbekiston futbol federatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining xabar berishicha, Eron va Xitoyga qarshi bahslarda media-tribunadagi joylarning taqsimotida cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.
Xitoydan 70 nafarga yaqin OAV hodimi kelishi bunga sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash o'yinlari doirasida 6 oktyabr kuni Eronni, 11 oktyabr kuni esa Xitoyni qabul qiladi.