O'FAning "Futbolni rivojlantirish" bo'limi vakillari Andijonda ish boshladi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2018, 15:24
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra O'FAda yangi tashkil etilgan “Futbolni rivojlantirish" bo'limi vakillari 25 aprel - 16 may oralig'ida O'zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bo'lib qaytadilar.

Ilk qadam vodiy tomon tashlandi. 3 kishidan iborat guruh a'zolari ishni Andijondan boshlashdi. 26-27 aprel kunlari Farg'ona va Namangan viloyatlarida ham bo'ladigan O'FA xodimlari avvalo hududlardagi bolalar futboli bilan yaqindan tanishib, viloyatlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda musobaqalar tashkil qilish borasida ish olib boradilar. Tabiiyki, O'FAning taqvim rejasi asosida o'tadigan o'yinlar ham bundan mustasno bo'lmaydi.

Bugun Andijon viloyati futbol federatsiyasi 1-Vice-Prezidenti Bekzod Karimov bilan 2018 yilda tashkil qilinishi kerak bo'lgan musobaqalar bo'yicha reja ishlab chiqildi. O'FA tomonidan taqdim etilgan ish dasturidan tashqari, viloyat federatsiyasini o'zi ham barcha hududlarida yaxshi saviyadagi musobaqalarni o'tkazish borasida ish olib borishini aytib o'tgan.

Andijon viloyatidagi futbol musobaqalarini sifatini oshirish va uni doimiy ko'rinish olishi uchun hududiy ligalar tashkil etiladigan bo'ldi. Endi ichki chempionat avval hududiy bosqichda o'tib, keyin markazlashgan holda finali bo'ladi.
Unga ko'ra, Andijon viloyati geografiyasidan kelib chiqib quyidagicha hududlarni o'z ichiga oladi.

1-hudud: Xonobod shahri, Qo'rg'ontepa, Jalaquduq va Xo'jaobod tumanlari.
2-hudud. Andijon shahri, Andijon, Paxtaobod va Izboskan tumanlari.
3-hudud. Buloqboshi, Asaka, Marhamat, Oltinko'l tumanlari.
4-hudud. Shaxrixon, Bo'z, Ulung'ur, Baliqchi tumanlari.

Vodiy safaridan keyin, ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com