O'FA: Urugvay - O'zbekiston o'yini translyatsiyasi vaqtida muammolar kuzatilmaydi

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2018, 14:45
Bizning vaqt bilan 8 iyun kuni tonggi 04:00 da start oladigan Urugvay va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu borada ish olib bordi hamda masalaning texnik tomonlarini hal qildi. Nasib bo'lsa, efirga uzatish vaqtida muammolar kuzatilmaydi.

Ma'lumot uchun, O'zbekistonga qarshi uchrashuv urugvayliklar uchun JCH-2018 oldidan o'z maydonlaridagi so'nggi, yani, muxlislar, bilan xayrlashuv uchrashuv bo'ladi. Shundan kelib chiqib, mezbonlar mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan.

O'z navbatida O'zbekiston uchun ham tarixiy sanalgan mazkur uchrashuvni o'tkazib yubormang.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com