

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu borada ish olib bordi hamda masalaning texnik tomonlarini hal qildi. Nasib bo'lsa, efirga uzatish vaqtida muammolar kuzatilmaydi.
Ma'lumot uchun, O'zbekistonga qarshi uchrashuv urugvayliklar uchun JCH-2018 oldidan o'z maydonlaridagi so'nggi, yani, muxlislar, bilan xayrlashuv uchrashuv bo'ladi. Shundan kelib chiqib, mezbonlar mazkur bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan.
O'z navbatida O'zbekiston uchun ham tarixiy sanalgan mazkur uchrashuvni o'tkazib yubormang.



