O'FA Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohini bo'yicha loyihalar taqdim etildi

Administrator
19 noya 2025, 23:28
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv davomida Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari - "KOC Construction” va “Bahadir Kul Architects” vakillari O'zbekistonda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Yangi Toshkent Markaziy futbol o'yingohi bo'yicha o'zlarining konceptual loyihalarini taqdim etdilar.

Taqdimot jarayonida mehmonlar stadionning arxitektura echimlari, konstruktiv imkoniyatlari, muxlislar uchun yaratiladigan zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, sportchilar hamda texnik xodimlar uchun mo'ljallangan ichki majmualar haqida batafsil ma'lumot berdilar.

O'FA rahbariyati loyiha bo'yicha o'z taklif va tavsiyalarini bildirib, stadion qurilishida barcha texnik meyorlar va jarayonlarning FIFA talablariga to'liq mos bo'lishi zarurligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, muxlislar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun eng zamonaviy sharoitlar yaratilishi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish va loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Ma'lumot uchun, "KOC Construction” kompaniyasi yaqindagina Terma jamoalar milliy markazini qurib, topshirgandi. “Bahadir Kul Architects” kompaniyasi "Konya", "Frayburg" kabi stadionlar loyihalarining muallifi hisoblanadi. 


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати