O'FA Lutfulla To'raevni ogohlantirdi, hakamlarni haqorat qilgan Hamidjon Aktamovni jarimaga tortdi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2020, 13:03
O'zbekiston Futbol Associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizom sankciyalari qo'llanildi.

Coca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi yakunlanganidan so'ng “Bunyodkor” futbolchisi Lutfulla To'raev sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun jiddiy ogohlantirildi. Bunday holat yana takrorlansa, futbolchiga nisbatan jiddiy choralar ko'rilishi haqida qatiy ogohlantirildi.




Shuningdek, Coca Cola Superliga 17-turidan o'rin olgan AGMK – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi flesh-intervyu chog'ida “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv hakamlari shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani va jamoatchilikka faktlarga tayanmagan, asossiz ma'lumotlarni aytgani uchun moddiy jarimaga tortildi. Bunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada jiddiy choralar ko'rilishi haqida ogohlantirildi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia