O'FA ishchi guruhi Navoiy viloyatida bo'ldi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2020
Navoiy viloyati Futbol mahorati maktabi, shuningdek, Navoiy olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyati, ularning ish-rejalari bilan ham tanishib chiqildi.

O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlardagi bolalar-o'smirlar sport maktablarining futbol bo'limlari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mavjud shart-sharoitlarni yaqindan o'rganish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida O'FA va sport vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzilib, mutaxassislar viloyatlarda bo'lib, bolalar va o'smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishmoqda.

Jumladan, ishchi guruh Navoiy viloyatida bo'ldi. Viloyatning barcha tumanlarida faoliyat olib borayotgan bolalar-o'smirlar sport maktablari futbol bo'limlarining ish-jarayoni, futbol to'garaklarining zarur inventarlar bilan taminlanganligi, murabbiylarning zamonaviy metodlar asosida mashg'ulotlar olib borayotgani, futbol maydonlari holati atroflicha o'rganildi.

Navoiy viloyati Futbol mahorati maktabi, shuningdek, Navoiy olimpiya zaxiralari maktab-internati faoliyati, ularning ish-rejalari bilan ham tanishib chiqildi.

Shuningdek, “Qizilqum” futbol klubining stadioni, klubning yangi mavsumga tayyorgarligi, Navoiy viloyati futbol associaciyasining 2020 yil uchun musobaqalar taqvimi, ish-rejalari o'rganildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz