Odriosola Anchelottiga kerak emas. "Real" himoyachisi "Inter" yoki "Milan"ga o'tishi mumkin

Alisher
11 iyun 2021, 12:04
Himoyachi Alvaro Odriosola "Real"dan ketishi mumkin.

Jurnalist Edu Pidalning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli o'yinchi yangi bosh murabbiy Karlo Anchelottining rejalariga kirmaydi.

Qayd etish kerakki, ispaniyalik futbolchiga "Inter" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.

Himoyachi o'tgan mavsum La Liga dorasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Futbolchining ispan grandi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/edupidal