Odilbek Abdumajidov: “Qozog'iston chempionatida legionerlarga ahamiyat qaratilarkan”

Alisher
18 apr 2022, 13:31
Mavsum boshida Qozog'istonning “Ordabasi” klubiga ko'chib o'tgan himoyachi Odilbek Abdumajidov qisqa fursat ichida asosiy tarkib a'zosiga aylandi.

Xo'sh, 20 yoshidayoq legioner maqomini olgan Abdumajidov yangi jamoaga moslashib keta oldimi? Buni uning fikrlarida bilish mumkin.

“Sekin-asta Qozog'iston chempionatiga ham moslashib boryapman. To'g'ri, to'liq moslashib ketdim deya olmayman. Chunki yangi muhit, bu yerda birinchi marotaba o'ynayapman. O'yinga-o'yinga barchasi yaxshi bo'lmoqda. 

Xudoga shukr, bosh murabbiyning munosabati juda yaxshi. Ishonch bildirmoqda. Men ham uning ishonchlarini oqlash uchun maydonda borimni berib o'ynamoqdaman. 

Qozog'iston chempionatiga kelsak, bu yerda har bir jamoaning kuchi bir-biriga juda yaqin ekan. Ayrim jamoalar safida kuchli legionerlar bor. Ular bazida o'yin taqdirini o'zlari hal qilishadi. Shu sababli klublar xorijlik ijrochilarga katta e'tibor qaratisharkan. Chindan ham chempionat yomon emas. Asosiysi, kurashlarga boy va murosasiz kecharkan. Bu esa o'sishga yanada turtki bo'ladi”, - deya so'zlarini yakunladi Abdumajidov.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia