Odil Hamrobekov: "Nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman"

Абдулвосит Бектемиров
8 iyun 2025, 20:24
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Hamrobekov MTJning bugungi mashg'ulotlarida jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Ushbu bosqichning oxirgi o'yinini o'z muxlislarimiz oldida chiroyli g'alaba bilan yakunlashni maqsad qilganmiz. Kecha tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdik. Bugun va ertaga maydonda tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarga yanada bayramona kayfiyat ulashishga harakat qilamiz.

Hissiyotlar  o'zgacha bo'lishi aniq. Shaxsan men, nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman. Qatarga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z muxlislarimiz ko'z ongida barchasini nishonlaymiz va his qilamiz" - deya fikr bildirdi Odil Hamrobekov bugungi mashg'ulotlarda.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia