Odil Ahmedovni "Shanxay SIPG"ga olib kelgan murabbiy klubni tark etdi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017, 14:45
"Shanxay SIPG" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash klubdan ketishga qaror qildi.

40 yoshli portugaliyalik murabbiylik faoliyatida tanaffus qilmoqchi va futboldan dam olish niyatida.

Oldinroq, uning jamoasi "Shanxay Shenxua"ga qarshi ikki uchrashuvlik Xitoy Kubogi finalida mag'lubiyatga uchragan edi. Bundan tashqari, "Shanxay SIPG" Xitoy chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Ular Osiyo Chempionlar ligasi turnirida yarim finalda musobaqani tark etdi.

Villash-Boashga shartnomani bir yilga uzaytirish taklif qilingan edi, ammo mutaxassis buni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu klubda to'p tepadigan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov aynan Andre Villash-Boashning iltimosiga ko'ra "Shanxay SIPG"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph