Odil Ahmedov va Toshkent shahar chempionati

Nadirkhuja Yuldashev
29 apr 2020
Toshkent shahar futbol Assotsiatsiyasining matbuot xizmati o'z paytida poytaxt ligasida to'p tepgan, keyinchalik mashhurlikka erishgan futbolchilar bilan suhbat uyushtirishni boshladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, hozirda Xitoyda faoliyat olib borayotgan Odil Ahmedov 13 yoshida Toshkentga ko'chib kelgan. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib, birinchilardan hozirgi Respublika Olimpiya zaxiralari Kollejiga o'qishga kirgan. Bu haqda u shunday xotirlaydi:


- Internatda Bahodir aka Karimov va Grigory Kolosovskiy qo'l ostida katta bo'ldik. Kolosovskiy endi ish o'rganayotgan murabbiylardan edi. Bahodir akani esa tajribasi katta bo'lib, u kishidan ko'p narsa oldik.

Bevosita shahar chempionatiga to'xtalsam, bu bolalar o'rtasidagi eng zo'r chempionat. Katta futbol ostonasida, har yakshanba bo'ladigan bu musobaqa bizning faoliyatimizda katta o'rin tutgan. Biz yakshanbani har qanday bayramdan ko'proq kutar edik.

Internat va raqiblar haqida

Legionerlikka aynan internatda o'qish orqali ko'nikkanmiz. Yosh bolamiz, uyimizdan ancha uzoqda. Hozirga o'xshab bir deganda yetib olib bo'lmaydi. Sog'inch kuchli bo'lardi. Lekin mehnat qilishimiz kerakligini yaxshi tushunganmiz. Undan tashqari, u yerdagi muhit juda a'lo darajada bo'lgan. Keyinchalik O'zbekiston terma jamoasida muxlislar mehrini qozongan ko'pchilik bilan birga istiqomat qilardik.

Raqiblarimiz ham kuchli edi. “Paxtakor“, “Sergeli“, “Traktor“, “Chig'atoy“ kabi komandalar bo'lardi. Anzur Ismoilov, Farhod Tojiev, Aziz Haydarov. “Sergeli“ darvozasini Lobanov qo'riqlardi. Yana ko'pchilik keyinchalik o'ynab kyetishdi.



Shu fursatdan foydalanib, Toshkent shahar chempionatida to'p tepayotgan yosh ukalarimga omad tilayman. Sizlarga ham, bizning yo'limizni berib, MTJda sharafini munosib himoya qilishingizni tilayman.




Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: Тошкент шаҳар ФА