Odil Ahmedov va "Shanxay SIPG" OCHL finalida o'ynamaydi! (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
18 okt 2017, 17:32
"Urava Red Daymonds" hamda "Shanxay SIPG" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi yakunlandi.

Xitoyda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. Yaponiyadagi javob o'yinida faqat bitta gol urildi. 11-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to'pni Rafael Silva boshi bilan "Shanxay SIPG" darvozasiga yo'llab, hisobni ochdi va bahs 1:0 ko'rinishida yakuniga etdi. Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'liq ishtirok etdi va bahs oxirida sariq kartochka olishga ham ulgurdi.

OCHL, yarim final. Javob uchrashuvi

"Urava Red Daymonds" - "Shanxay SIPG" 1:0 (umumiy hisob 2:1)

Gol: Rafael Silva 11.












O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia