Odil Ahmedov: Agar Krasnodar o'z o'yinini ko'rsatsa Anjini mag'lub etadi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2015, 12:44
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiya chempionatining 12-turidan o'rin olgan Anjiga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Anjining hujumi va yarim himoyasida kuchli futbolchilar yig'ilgan, jamoa hujumda yaxshi o'ynamoqda, ularga shunchaki omad yetishmayapti deb o'ylayman.

Maxachqala klubi safida bir necha mavsum o'ynaganman, Anjiga omad tilayman, lekin professional sifatida Krasnodar safida ularni mag'lub etish uchun bor kuchim bilan o'ynayman.

Agar o'z o'yinimizni ko'rsata olsak g'alaba qozonamiz, - deydi Ahmedov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fckrasnodar.ru