Ochoaning agenti: "Gilermening maqsadi – Fransiyada qolish"

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2014, 19:54
Darvozabon Gilerme Ochoaning agenti Kristof Mongai mijozi borasida gapirib o'tdi.

"Biz ikkita francuz klubidan taklif oldik. Lekin, ushbu takliflarga rad javobini berdik. Bu biz kutgan darajadagi takliflar emas edi.

Ochoaning maqsadi - Fransiya chempionatida qolish. Agar bu amalga oshmasa biz boshqa Yevropa klublari variantlarini ko'rib chiqishimiz mumkin", - deydi agent.

Eslatib o'tamiz, "Ayachcho" bilan shartnomasi yakunlangan Ochoa ayni paytda erkin agent hisoblanadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru