

O'zbekiston 2015 yilgi reytingda 5-o'rinda bormoqda. Keyingi yil boshida 2012 yilgi natijalari olib tashlanadi va yangi reyting tuziladi. Alisher Nikimbaev o'zining feysbukdagi sahifasida 2016 yil boshidagi reytingni e'lon qildi:


Ko'rib turganingizdek, keyingi yil boshida to'rtinchi o'rindagi Qatar bilan farq 16 ballni tashkil etadi. 2016 yilda O'zbekiston terma jamoasi va klublari kuchli to'rtlikka kirib 2+2 kvotasiga ega bo'lishi uchun mana shu 16 ballik farqni yo'qqa chiqarishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 2016 yilgi mavsumda O'zbekiston xuddi bu yildagidek 3+1 ko'rinishida kvotaga ega bo'ladi.



