OCHL. "Shabab Al Ahli" futbolchisi: "Ob-havo o'yinga jiddiy ta’sir o'tkazdi"

Tolibjon Qosimov
11 fev 2020, 12:57
OCHL birinchi turi doirasidan o'rin olgan "Paxtakor" va "Shabab Al Ahli" uchrashuvi keskin kurashlar ostida o'tdi.

Mana shunday ruxda o'tgan bahsdan so'ng mehmon jamoa vakili Eyd Hamis mikst-zonada fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Musobaqaning birinchi turi bo'lgani uchun qiyin bo'ldi. Uchrashuvning ikkinchi qismida o'yinimizni kuchaytirishga erishdik. Lekin, g'alaba qozonishni uddalay olmadik. Albatta, ob-havo va yomg'ir chiroyli futbol ko'rsatishga yo'l qo'ymadi. Oldinda beshta o'yin qoldi. Maksimal ochko to'plashga va guruhdan chiqishga imkoniyatlarimiz bor. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Hamis.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia