

Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar bermoqda. "Istiqlol" 1-turni Doxada "Al Rayan"ga qarshi o'tkazib, 2:2 hisobini qayd etdi. Mutaxassislar hisobiga ko'ra, Jeparov mazkur bellashuvda olti bor golli vaziyatni yuzaga keltirgan. Bunday natijani boshqa klublardan hech bir futbolchi qayd etmadi. Ma'lumot uchun, Jeparov Eron klubida 20-raqam ostida harakat qiladi.




