OCHL. "Persepolis" Saudiya Arabistonining "Al Ahli" jamoasini mag'lubiyatga uchratdi

9 apr 2019, 22:35
OCHL guruh bosqichining 3-turida Eronning "Persepolis" klubi o'z maydonida "Al Ahli"ni mehmon qildi.

Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakun topdi. Shoja Xalizadex va Ali Alipurlarning kiritgan gollari eronliklarga 3 ochko taqdim etdi. 

Ayni vaqtda D guruhida "Paxtakor" 5 ochko to'plagan holda yakka peshqadam. "Al Sadd" va "Persepolis" jamoalari 4 ochkoga ega. Guruhning so'nggi o'rnini "Al Ahli" egallab turibdi (3 ochko).  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia