OCHL. “Paxtakor”ga qarshi o'ynaydigan legionerlar

11 dek 2014, 16:09
Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.
Qur'a natijalariga ko'ra, amaldagi chempion “Paxtakor” “B” guruhidan joy oldi va “Al Shabab” (S.Arabistoni), “Al Ayn” (BAA) klublariga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi to'rtinchi jamoa nomi esa pley-off o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

Yaxshi bilasiz, Osiyo chempionlar ligasida legionerlar katta rol o'ynaydi. Ko'plab arab jamoalarida ko'rganmiz, asosiy ishni ko'pincha legionerlar bajarib berishadi. Shu bois “Paxtakor”ga qarshi to'p suradigan klublar tarkibida qaysi legionerlar o'ynayotgani borasida qisqacha ma'lumot berib o'tamiz.

“Al Shabab” legionerlari
Saudiya klubi safida jami besh nafar legioner to'p tepmoqda va shulardan biri osiyolik. OCHL reglamentiga ko'ra, har bir klub 3+1 limiti bo'yicha chet ellik futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Shunday ekan, “Al Shabab”da bir nafar xorijlik “zayavka”dan tushib qoladi. Legionerlar ichida eng taniqlisi Rafinya bilan Park Chu Yong hisoblanadi.

Tariq Zeyad (Iordaniya)
Yoshi: 22
Ampluasi: himoyachi

Rafinya (Braziliya)
Yoshi: 31
Ampluasi: yarim himoyachi

Rojerino (Braziliya)
Yoshi: 27
Ampluasi: hujumchi

Mbayi Diagne  (Senegal)
Yoshi: 29
Ampluasi: hujumchi

Park Chu Yong (J.Koreya)
Yoshi: 29
Ampluasi: hujumchi

“Al Ayn” legionerlari
“Al Ayn” safida esa to'rt nafar chet ellik futbolchi o'ynayapti. Shubhasiz, legionerlar orasida eng mashhuri Asamoa Gyan bo'lib, u deyarli har o'yinda gol uradi. Shuningdek, Jires Kembo-Ekoko bilan Miroslav Stokning ham o'yinlari chakki emas.

Asamoa Gyan (Gana)
Yoshi: 29
Ampluasi: hujumchi

Jires Kembo-Ekoko (Fransiya)
Yoshi: 26
Ampluasi: hujumchi

Miroslav Stok (Slovakiya)
Yoshi: 25
Ampluasi: yarim himoyachi

Li Myong Ju (J.Koreya)
Yoshi: 24
Ampluasi: yarim himoyachi




Manba: championat.asia