OCHL. “Nasaf”ga qarshi o'ynaydigan legionerlar

11 dek 2014, 18:39
Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga qur'a tashlandi.
Qur'a natijalariga ko'ra, oliy ligada uchinchi o'rinni egallagan “Nasaf” “D” guruhidan joy oldi va “Al Ahli” (BAA), “Traktor Sozi” (Eron) klublariga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi to'rtinchi jamoa nomi pley-off o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

Yaxshi bilasiz, Osiyo chempionlar ligasida legionerlar katta rol o'ynaydi. Ko'plab arab jamoalarida ko'rganmiz, asosiy ishni ko'pincha legionerlar bajarishadi. Quyida “Nasaf”ga qarshi to'p suradigan klublar tarkibida qaysi legionerlar o'ynayotgani borasida qisqacha ma'lumot berib o'tamiz.

“Al Ahli” legionerlari
BAAning “Al Ahli” klubida hozircha olti nafar xorijlik ro'yxatdan o'tgan. Ular orasida eng mashhurlari portugaliyalik Ugo Viana bilan braziliyalik Siel hamda Grafite. Shuningdek, jamoa tarkibida mahalliy o'yinchilardan sizu-bizga yaxshi tanish Ahmad Xalil ham to'p tepadi.  

Mirel Radoy (Ruminiya)
Yoshi: 33
Ampluasi: yarim himoyachi

Luis Ximenes (Chili)
Yoshi: 30
Ampluasi: yarim himoyachi

Ugo Viana (Portugaliya)
Yoshi: 31
Ampluasi: yarim himoyachi

Karlos Munos (Chili)
Yoshi: 25
Ampluasi: hujumchi

Grafite (Braziliya)
Yoshi: 35
Ampluasi: hujumchi

Siel (Braziliya)
Yoshi: 32
Ampluasi: hujumchi

“Traktor Sozi” legionerlari
Eronning “Traktor Sozi” jamoasida esa nomdor legionerlar yo'q. Faqat biroz muddat “Al Sharja”da faoliyat olib borgan braziliyalik Edinoni hisobga olmaganda.

Issa N’Doye (Senegal)
Yoshi: 28
Ampluasi: darvozabon

Ditmar Bisaj (Albaniya)
Yoshi: 25
Ampluasi: himoyachi

Edino (Braziliya)
Yoshi: 32
Ampluasi: hujumchi

Radames (Braziliya)
Yoshi: 28
Ampluasi: yarim himoyachi

Manba: championat.asia