OCHL G'arb mintaqasining 1/8 final savatchalari ma'lum. O'zbekistonga "Al Nassr" kelishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
6 dek 2023, 08:18
Osiyo Chempionlar ligasi G'arb mintaqasida 6-tur o'yinlari yakuniga yetib, 1/8 finalga yo'llanma olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, G'arb mintaqasidan 8 jamoa – "Al Ayn", "Al Ittihod", "Al Hilol", "An Nassr", "Nasaf", "Navbahor", "Sepahon" va "Al Fayha" keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

OCHL reglamentiga binoan, 28 dekabr kuni o'tkaziladigan qur'a tashlash marosimidan oldin 8 jamoa ikkita savatchaga ajratiladi. 1-savatchadan 5ta guruhdagi 4ta eng yaxshi natijaga ega 1-o'rinlar joy olsa, 2-savatchadan eng yomon natija qayd etgan guruh peshqadami va 2-o'rin bilan chiqqan 3 jamoa joy oladi. Qarshi klubi guruh peshqadamlari orasida eng kam ochko to'plagani sababli, 2-savatchadan joy oldi.

OCHL. 1/8 final qur'a savatchalari:

1-savatcha: "Al Ayn", "Al Ittihod", "Al Hilol", "An Nassr"

2-savatcha: "Nasaf", "Navbahor", "Sepohon" va "Al Fayha"

Ma'lumot uchun, OCHL nimchorakfinal dastlabki bahslari 12-13 fevral kunlari 2-savatchadagi jamoalar maydonida, javob uchrashuvlari esa bir haftadan keyin – 19-20 fevral kunlari 1-savatchadagi jamoalar uy stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: AFC.com