OCHL finalini ko'rish uchun PFL Bosh direktori Yaponiyaga uchib ketdi

Xayrulla Xoliqov
23 noya 2017, 13:08
Ma'lumki, 25 noyabr kuni Osiyo chempionlar ligasining finalidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tadi. Yaponiyaning Saytama shahrida kechadigan bahsda "Urava Reds" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi.


Xabaringiz bor, Ar Riyodda kechgan birinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Finalning hal qiluvchi o'yinini ko'rish maqsadida kecha PFL Bosh direktori Omon G'ofurov Yaponiya tomon uchib ketdi. Demak, uchrashuvni PFL rahbari ham bevosita stadionda kuzatadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahsni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Abdulhamid Rasulov bilan Jahongir Saidov yordam berishadi. Mamur Saidqosimov esa zaxira hakami vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, bu o'yinda darvozalar ortida ham hakamlar ishlaydi. Ular - Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia