OCHL-2021. "Paxtakor" - "Traktor" uchrashuvidan oldingi qiziqarli faktlar

Narzulla Saydullayev
13 apr 2021, 14:26
Ertaga OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Paxtakor" - "Traktor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsdan oldin OFK ikki jamoa haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.

- "Traktor" OCHLda o'z tarixida oltinchi marta va 2018 yildan buyon ilk bor ishtirok etmoqda.

- Toshkentning "Paxtakor" klubi OCHLda 16-marta o'ynamoqda - bu o'zbek klublari uchun rekord. Faqat "Al-Hilol" (17 marta) musobaqada undan ko'proq ishtirok etgan.

- "Paxtakor" bunga qadar OCHLda "Traktor" bilan ikki marta to'qnash kelgan. 2016 yilgi guruh bosqichi doirasida Toshkentda o'tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Erondagi uchrashuvda "Traktor" 2:0 hisobida zafar quchgan.

- "Traktor" OCHLdagi so'nggi to'qqiz o'yinida faqat bitta g'alabani qo'lga kiritgan (2016 yilda BAAning "Al Nasr"ga qarshi uchrashuvida 3:1 - 2 durang va 6 mag'lubiyat).

- "Paxtakor" OCHL guruh bosqichida Eron jamoalariga qarshi so'nggi to'qqiz o'yindan bittasida mag'lub bo'lgan (2016 yilda "Traktor"ga qarshi o'yinda 0:2). "Paxtakor" guruh bosqichidagi Eron jamoalariga qarshi so'nggi uchta o'yinda o'z darvozasini dahlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, "Traktor" - "Paxtakor" uchrashuvi 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia