OCHL–2017. Ilgiz Tantashev "Muangtong Yunayted" - "Kashima Antlers" uchrashuvini boshqaradi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2017, 13:56
O'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 guruh bosqichidan o'rin olgan uchrashuvni boshqarib boradi.
"E" guruhidan o'rin olgan "Muangtong Yunayted" (Tailand) - "Kashima Antlers" (Yaponiya) bellashuviga bosh hakam etib tayinlangan Ilgiz Tantashevga qanotlarda Alisher Usmonov va Timur Gaynullin yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasini hindistonlik Srikrishna Koimbatore Ramasvami bajaradi.

Uchrashuv komissari – malayziyalik Sayfuddin Bin Abu Bakar. Ma'lumot uchun, bu o'yin 28 fevral kuni, Bangkok shahrida bo'lib o'tadi.

"Muangtong Yunayted" (Tailand) - "Kashima Antlers" (Yaponiya)
28 fevral 2017. Bangkok. "Supachalasai" stadioni.
Bosh hakam:
Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov va Timur Gaynullin (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Srikrishna Koimbatore Ramasvami (Hindiston)
Komissar: Sayfuddin Bin Abu Bakar (Malayziya)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia