OCHL-2015. "Bunyodkor" pley-offni Toshkentda "Al Jazira"ga qarshi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2014, 20:38
Bugun OFK keyingi mavsum uchun OCHL kvotalarini ma'lum qildi.
Unga ko'ra O'zbekistonga 3+1 ko'rinishida kvotalar taqdim etildi.

Ko'pchilikni saralash bosqichida qatnashadigan "Bunyodkor"ning raqibi qiziqtiryapti.

"Bunyodkor" bitta o'yinlik saralash uchrashuvini 17 fevral kuni Toshkentda BAAning "Al-Jazira" klubiga qarshi o'tkazadi.

Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, "Al Jazira" safida Mirko Vuchinich va Jusiley kabi mashhur futbolchilar to'p tepishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia