

OCHL 2 musobaqasi uchinchi turida Turkmanistonning "Arkadag'" klubi mehmonda Qatarning "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushdi va qahramonlik ko'rsatdi. 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan jamoa, yakunda kambek amalga oshirdi va bir ochkoni yulib oldi. Bu esa "Andijon" joylashgan guruhdagi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Ayni damda barcha jamoalarda imkoniyat etarlicha.
"Al Ahli" – "Arkadag'" 2:2
Gollar: Matey Mitrovich 41, Mishel Vlap 56, Yalas Saparmammedov 79, Mekan Saparov 90+1




