"Obod": Yoshlarimizda g'alaba, asosiy tarkib yutqazdi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2017, 11:02
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Obod" kecha nazorat uchrashuvlari o'tkazdi.

O'rinbosarlarimiz Toshkent shahar chempionati ishtirokchisi "Namuna" bilan kuch sinashgan bo'lsa, asosiy tarkibimiz "Sho'rtan"ga qarshi maydonga chiqdi. Yoshlarimiz raqibini 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bosh jamoamiz garchi bellashuvda hisobni ochgan bo'lsa-da, yakunda mag'lubiyatga uchradi - 1:2.

Eslatib o'tamiz, bosh jamoamiz bugun birinchi liga vakili "NBU-Osiyo"ga qarshi maydonga chiqadi.

O'rtoqlik uchrashuvlari
OBOD (o'rinbosarlar) - NAMUNA - 6:0

OBOD - SHO'RTAN - 1:2
Bosh hakam:
Igor Xudaydotov.
Gollar: Temur Tolipov - Shahzod Xursanov, Eldor Boymatov (ikkalasi ham penaltidan).


"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia