"Obod" futbolchilari penaltidan gol ura olishmaydimi?

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016, 14:55
Kecha oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Obod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu o'yinda "Mashal" 5:0 hisobida zafar quchdi. Gap bunda emas. E'tiborli tomoni oliy liga debyutanti bo'lgan "Obod" klubining ikki futbolchisi penaltidan gol ura olishmadi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Sanjar To'raqulovning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasini "Mashal" posboni Javohir Ilyosov qaytarishga erishdi. 82-daqiqada belgilangan penaltini Sherzod Jalilov amalga oshirdi. Biroq bu zarba noaniq ketdi.

Qizig'i "Obod" futbolchisi 9-turda "Neftchi"ga qarshi bahsda ham penaltidan gol ura olmagandi. O'shanda Pavel Solominning "nuqta"dan yo'llagan zarbasini posbon qaytarib qolgandi.

Shunday qilib, 3 marta penalti tepish huquqiga ega bo'lgan toshkentliklar ularning hech biridan foydalana olishmadi.

Ma'lumot uchun, "Obod" darvozasiga 5 marta penalti belgilangan va ularning 4tasi gol bilan tugagan.

Sanjar To'raqulovning zarbasi


Sherzod Jalilovning zarbasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia