“Obod” ertaga “Dinamo” bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017, 23:15
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan “Obod” jamoasi ertaga navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Rauf Inileev jamoasining raqibi Samarqandning “Dinamo” klubi bo'ladi. Uchrashuv “Obod”ning sun'iy qoplamali maydonida soat 15:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, “Obod” o'tgan yili ilk bor kuchlilar safida qatnashishiga qaramay, oliy ligadagi o'rnini saqlab qolgandi. “Dinamo” esa 1-liga chempioni sifatida elita yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. 


O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz