Obid Xudoyorov: "O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik va shuning uchun yutqazdik"

2 iyul 2019, 20:41
"Qizilqum" bosh murabbiyi Obid Xudoyorov "Bunyodkor" klubiga uchralgan mag'lubiyat haqida to'xtalib o'tdi.

"Chiroyli o'yin bo'ldi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar vujudga keldi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik va shuning uchun yutqazdik", - deya o'yin haqida qisqacha fikr bildirdi "Qizilqum" bosh murabbiyi Obid Xudoyorov.

-O'yin jihatdan jamoa yaxshi harakat qilmoqda. Lekin natijaga havas qilib bo'lmaydi, nima sabab bo'lmoqda?

- Vaziyatlarni golga aylantirish bo'yicha muammoimiz bor. Hujum chizig'idagi muammoni aytmasa, yigitlarga boshqa etirozim yo'q.

- Nimani o'zgartirish kerak? Hamma gap futbolchilardami yoki murabbiylarning ishi ham qoniqarlimasmi?

- Murabbiylar ishlayapti. Vaziyatlar yarata olyapmizmi, demak biz to'g'ri ishlayapmiz. Hozir endi ikkinchi davra boshlangunicha yangi futbolchilarni klubga jalb etish niyatidamiz. Buni vaqt ko'rsatadi. 

- Hozirgi holatda klubni qaysi futbolchilar bilan kuchaytirish mumkin?

- Hujum chizig'ida muammoalar bo'lgani uchun albatta hujumchi olishni rejalashtirmoqdamiz. Umid qilamizki, yaxshi saviyadagi futbolchini olib kelamiz,- deydi Obid Xudoyorov.  


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia