Obameyyang: "Xitoy klubiga rad javobini berdim"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 15:49
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyyangning maulm qilishicha, u yozda klubni tark etmaydi.

"Kelajakda nima bo'lishini hech kim oldindan aytib bera olmaydi. Tatilga ketishdan oldin "Borussiya" rahbariyati bilan uchrashdim va yangi chaqiruvlarga tayyorligimni aytdim. Ammo hech bir klub meni xarid qilishni istamadi. Shu sababli "Borussiya"da qolaman. Bundan xursandman, chunki Dortmundda o'zimni uydagidek his qilaman.

Albatta, Xitoy varianti bor edi. Bu haqida o'yladim, chunki menga juda katta pul taklif qilishdi. Aniq taklif oldim. Biroq Xitoy klublari Yevropadagi jamoalar kabi professional emas. Shu sababli rad javobini berdim" - deydi Obameyyang.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Welt am Sonntag